Hasanayn ilovasi — Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 24-noyabr
Ushbu siyosat Android va iOS uchun Hasanayn mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda — "ilova") foydalanuvchi ma’lumotlari bilan qanday ishlashini tushuntiradi.
1. Biz nimalarni yig‘MAYMIZ
- Ilova ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi. Ism, telefon raqami, elektron pochta, manzil va boshqa shaxsiy ma’lumotlar so‘ralmaydi.
- Joylashuv, kontaktlar, kamera, mikrofon, fotosuratlar va fayllaringizga kirilmaydi.
- Ilovada reklama yo‘q, ma’lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
2. Faqat qurilmangizda saqlanadigan ma’lumotlar
Quyidagilar faqat telefoningizda saqlanadi va bizga yuborilmaydi: saqlanganlar, yuklab olingan fayllar, tinglash/o‘qish qayerda to‘xtagani, tanlangan alifbo va mavzu (yorug‘/tungi) sozlamalari. Ilovani o‘chirsangiz, ular ham o‘chadi.
3. Avtomatik qayta ishlanadigan texnik ma’lumotlar
- Kontent so‘rovlari. Material (tilovat, suhbat, maqola va h.k.) yuklanganda qurilmangiz hasanayn.uz serverlariga murojaat qiladi. Serverlar, har qanday veb-sayt kabi, IP manzil va so‘rov vaqtini texnik jurnalda qisqa muddat saqlashi mumkin.
- Xatolar hisoboti (Firebase Crashlytics, Google). Ilova ishdan chiqsa, xato tafsilotlari, qurilma modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi hamda tasodifiy o‘rnatish identifikatori Google’ga yuboriladi. Bu faqat xatolarni tuzatish uchun ishlatiladi va sizni shaxsan aniqlamaydi.
- Bildirishnomalar (Firebase Cloud Messaging, Google). Yangi materiallar haqida xabar yuborish uchun qurilmaga tasodifiy token beriladi. Bildirishnomalarni Sozlamalar orqali istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin.
- Yangilanishlar (Google Play). Ilova yangi versiya borligini Google Play orqali tekshiradi.
Google ma’lumotlarni o‘z siyosatiga muvofiq qayta ishlaydi: https://policies.google.com/privacy
4. Xavfsizlik
Barcha tarmoq so‘rovlari shifrlangan (HTTPS) ulanish orqali amalga oshiriladi.
5. Bolalar
Ilova bolalarga mo‘ljallanmagan va 13 yoshgacha bo‘lgan bolalardan ataylab ma’lumot yig‘maydi.
6. Ma’lumotlarni o‘chirish
Hisob yo‘qligi sababli serverda sizga bog‘langan shaxsiy ma’lumot saqlanmaydi. Qurilmadagi ma’lumotlarni Sozlamalar → "Keshni tozalash", "Yuklab olinganlar" yoki ilovani o‘chirish orqali o‘chirishingiz mumkin.
7. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.
8. Bog‘lanish
Savollar bo‘yicha: https://t.me/hasanhusaynadmin yoki https://hasanayn.uz