Maqolalar

Saqlanganlar

207 ta maqola

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaQORILARIMIZ VATAN HIMOYASIDA YOXUD QUR’ONNING SHAROFATIMaqolaILOHIY O‘RNAKMaqolaIYMONINGIZNI SINAB KO‘RING!MaqolaQANI ENDI HAR KUNI O‘LIM BO‘LSA...MaqolaKULGIMaqolaKO‘RISHISH ODOBLARIMaqolaJANOZA – FARZ IBODATDIR!MaqolaFIROQ VAQTIDUR, EY KO‘ZLAR, ENDI QON YIG‘LANG...MaqolaRAMAZONNI QARSHILAB...MaqolaTILGA IXTIYORSIZ – ELGA E’TIBORSIZMaqolaHAYIT ODOBLARI

QORILARIMIZ VATAN HIMOYASIDA YOXUD QUR’ONNING SHAROFATI

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

QORILARIMIZ VATAN HIMOYASIDA YOXUD QUR’ONNING SHAROFATI

Ikkinchi jahon urishi avjida. Andijondan ham minglab yurtdoshlarimiz o‘zga yurtlarda vatan himoyasi uchun jang olib bormoqdalar. O‘sha olis yerlarda kechayotgan vaziyatning kunlik xabari o‘z jigargo‘shalarini urushga kuzatib qolgan xonadonlarda muhokama qilinardi. Birdan juda ham sovuq xabar keldi: nemis qo‘shinlari Moskovaga bostirib kelishyapti ekan, poytaxga juda yaqin kelib qolishibdi, SSSR askarlari chekinishda davom etyapti ekan. Bu xabardan sarosimaga tushgan odamlar har bir ishida o‘zlariga peshvo, maslahatgo‘y deb bilgan, zamonaning ulug‘ kishisi Abdulmajid qozi domla rahmatullohi alayhning huzurlariga shoshishdi. Qozi domla qonxo‘r qatag‘on siyosati dastidan o‘n yilcha yashirinib yurib, vaziyat biroz yumshab, hukumat urush balosi tufayli o‘zi bilan ovora bo‘lib qolganda, o‘z uyiga qaytgan edi. Shunday bo‘lsa da, u kishi tez fursatda yana xalqning dardiga malham bo‘lib ulgirgan edi. Shu bois, mash’um xabarni eshitgan kishilar u kishidan duo olish, taskin topish uchun kelishgandi. Qozi domla juda ham yetuk olim, noyob qobiliyatlar sohibi va hakim inson edi. Mehmonlarning gaplarini eshitib, bir muddat boshini quyi solgancha turib qoldi. Hujrada sukunat hukm surardi. Birozdan keyin qozi domla boshini asta ko‘tarib, ko‘zlarini ohista ochib: «Yo‘q, bizning askarlar mag‘lub bo‘lmaydi», dedilar. Kutilmagan bu javobdan tinglovchilar hayratga tushib qolishdi va: «Taqsir, lekin ahvol juda og‘ir, dushman qo‘shinlari Moskovga kirishiga 45 km qolibdi», deya e’tiroz bildirgandek bo‘lishdi. Shunda qozi domla o‘z so‘zlarini izohladi: «Yo‘q, bizning askarlar mag‘lub bo‘lmaydi. Bilasizlarmi, nega? Axir ularning ichida qanchadan qancha hofizi Qur’onlarimiz bor, ular tinimsiz Qur’on o‘qimoqdalar. Alloh O‘z kalomini o‘qib turgan qavmni mag‘lub qilmaydi», dedilar. Umidsizlikdan tushkunlikka tushib kirgan ziyoratchilarning bu gapdan ko‘ngli ko‘tarilib, duo olib, chiqib ketishdi. Qarangki, qozi domlaning bashorati ko‘p o‘tmay ro‘yobga chiqdi. Moskovaga 15 20 km yaqin joygacha qadami yetib kelgan fashizm qo‘shinlari oqibatda mag‘lub bo‘ldi. Bu hodisa odatda moddiy sabablar bilan izohlansa da, hayotdagi har bir ishda ma’naviy omillarning ham o‘rni katta ekanini unutmaslik kerak. Garchi moddaparastlar bu haqiqatni tan olmasa da, voqelik uni hamisha tasdiqlab kelgan.

Mazkur hikoyani ustozimiz Badriddin qori akam juda to‘lqinlanib gapirib berardilar. Alloh hamma o‘tganlarimizni rahmatiga olsin.

Abdulmajid qozi domlaning gaplari shunchaki taxmin emasdi. U kishi hofizi Qur’on, olim inson bo‘lish barobarida Haqni tanigan, xalqini bilgan, qalb ko‘zi ochiq, basiyrati o‘tkir kishi edi. U kishining so‘zlariga guvoh sifatida ikkita misolni eslagim keladi.

Andijonlik Odiljon qori aka hikoya qiladi: «Yangi qori bo‘lgan paytimiz. 1975 1976 yillar. Ustozimiz Abdulboqiy maxdum pochcha Qur’onni boshqa qori akalarga tabarrukan o‘qib bergin, deb qoldilar. (Andijondagi ustozlarda shu an’ana bo‘lgan. Bu bilan tolibning ilmi, tajribasi ortar, ulug‘ insonlarni tanir, nazar topar, ulardan duo olar, shu bilan birga, bu ish ustozlar o‘rtasida o‘zaro ehtirom ramzi edi.) Navbat Ahmadulloh maxdum domlaga keldi. U kishiga o‘n kunda uch poradan qilib Qur’onni to‘liq o‘qib berdim. O‘ninchi kuni 30 poraga kelganda nihoyatda ravon o‘qib ketdim. Bir ikkita shogirdlari ham kirib, eshitib o‘tirshgandi. Maxdum pochcha Qur’onni ochib olgan. Ixlos surasiga kelganimda u kishi: «Xatmi sag‘ir qilib qo‘ya qoling», dedi. («Xatmi sag‘ir» kichik xatm degani bo‘lib, Ixlos surasini uch marta takrorlab, keyin Falaq va An Nas suralarini o‘qigach, Fotiha surasi va Baqaradan 5 oyat o‘qishni anglatadi. Xatm so‘ngida xatmi sag‘ir qilishni ko‘pchilik ulamolar yaxshi sanashgan.) Men uch bora Ixlos surasini o‘qib, orqasidan Falaq va An Nas suralarini o‘qib, basmala bilan Fotiha surasini boshladim. «Alhamdu lillaahi Robbil ’aalamiin» deyishimni bilaman, ko‘z oldimda Qur’on yopildi qoldi. Hech narsa yo‘q, Qur’on butkul xotiramdan ko‘tarilib ketgandek edi. Qaytadan «a’uzu» va «basmala»ni aytib, Fotihani boshladim, ammo keyingi oyat yana xotirga kelmadi. Ko‘zimga hech bir sura ko‘rinmasdi, xotirimda Qur’ondan shu bir oyatdan boshqa narsa qolmagandi. Uch marta takrorladim, baribir foydasi bo‘lmadi. Ustoz: «O‘qing», deb turardi.

Men "o‘qiy olmayapman, xotirimga hech narsa kelmayapti», deb yig‘ladim. U kishi: «O‘qiy olmaysiz ham.. Tepadan juda sharillatib, adashmay o‘qib kelayotgandingizda a? Qur’onni juda zo‘r o‘qiyapman deb g‘ururlandingizda a? Alloh olib qo‘ysa, shunaqa bo‘ladi. U Zot O‘zi keltirib turmasa, bir kalima ham o‘qiy olmaysiz. Qani o‘qib ko‘ring chi...» dedi.

U kishi gapiryapti yu, mening xayolim Fotihada, keyingi oyatni qidiryapman, ammo xotirada hech narsa yo‘q. Ikkalamiz bir muddat jim o‘tirib qoldik. Nihoyat u kishi: «Ar rohmaanir Rohiim» degandi, Qur’on qayta xotirimda yarq etib paydo bo‘ldi. Fotihani tugatib, Baqara surasidan 5 oyat o‘qib, xatmni bag‘ishladik. Men o‘zimni tutolmay hung hung yig‘lardim. Ustoz ham yig‘ladilar va ko‘zlarida yosh bilan so‘z boshladilar: «Bu Qur’on mo‘jiza, bolam. G‘ururlanmang, Qur’onni mana bunday o‘qib tashlayman, deb kibrga ketib qolmang. Qur’on mo‘jiza, uni Alloh nasib qilsagina o‘qiy olasiz, bo‘lmasa, o‘qiy olmaysiz. Alloh olib qo‘yaman desa, bir lahzada olib qo‘yadi. Alloh asrasin!

Qur’onning mo‘jizaligini men ko‘rganman. Ikkinchi jahon urishida qatnashganman. Yonimga kichkinagina musʼhaf solib olgandim. Urush asnosida ham Qur’on takror qilib yurardim. Qaysi oyatda yanglishib ketsam, ikkilanib qolsam, o‘sha joyni eslab qolardim. Ikki uch soatlarda chekish uchun vaqt beradi. Soldatlar popirus chekishga o‘tishganida, men biror salqin joy topib, borib, musʼhafdan haligi adashgan joylarimni, mushobaha oyatlarni ko‘rib olardim. Keyin yana kelgan joyimdan o‘qib ketaverar edim. Ana shunday urushda qo‘limda avtomat bilan Qur’on o‘qib yurganman.

Bir kuni 200 ta soldat bilan olg‘a yurib borardik. Bir vaqt qarasak, pistirmaga tushib qolibmiz. «Hamma qurollarni tashlab, yerga yotsin!» degan buyruq bo‘ldi. Hammamiz tuproqqa yotdik. Qurollangan nemis soldatlari atrofimizni qurshab olgan, otishga shay turishibdi. Bitta buyruq bo‘lsa, hammamizni otib, tuproqqa qorib tashlashlari turgan gap. Men o‘rtaroqda yotibman. Ko‘ksimda Qur’on. Qalbimda kechinmalar o‘tdi: «Ey Parvardigor! Aqlimni taniganimdan beri Qur’on o‘qiyman. Ammo men hali Qur’on o‘qib ro‘shnolik ko‘rganimcha yo‘q. Sen esa kalomimni o‘qigan bandam uning huzur halovatini ko‘rmay turib o‘lmaydi, degansan. Ey Alloh, endi men ko‘ksimda Qur’onim bilan janozasiz shu yerda o‘lib ketamanmi? Yo‘q, Sening va’dang bunday emas, Robbim!» Shu xayollar bilan ko‘krak cho‘ntagimdan Qur’onni oldimda, yotganimcha qo‘lim bilan uni baland ko‘tarib, «Qur’on! Qur’on!» deb baqirdim. Nemislarning kattasi: «Anavi nima deyapti?» degandi, «Qur’on!» deb hayqiryapti, deyishdi. Boshliq: «Chaqir uni», dedi. Yotgan soldatlar ustidan sakrab sakrab o‘tib uning oldiga bordim. Yonidagi bir qo‘mondon arab ekan. Ikkalasi nemischa gaplashishdi. Men ularga qoriligimni aytdim. Boshliq arabga: «Uni imtihon qilib ko‘r chi», dedi. Arab qo‘mondon Qur’onni olib, ochdi da, sahifaning boshidan so‘radi. Darhol sharillatib o‘qib berdim. Yana ikki joydan shunday so‘radi, adashmay o‘qib ketdim. U: «Moshoolloh! Bu tirik Qur’on ekan ku!» dedi. Haligi nemis qo‘mondan ham hayron qoldi va «Hamma soldatlarni turgizib, lagerga joylanglar», deb topshiriq berdi. Qur’onning sharofatini qarang, Qur’on shafoati bilan bir men emas, 200 ta soldat o‘limdan qutilib qoldik. Agar «Ot!» desa, hammani otib tashlashardi.

Ular meni bir xonaga olib kirishdi. Qarasam, to‘kin dasturxon, nozu ne’matlar bisyor. Urushda har bir soldatga bir kunda 2 kesim qora bo‘lka berishardi. Qornim juda och. Dasturxonda oq non, saryog‘, yaxna go‘shtlar ham bor ekan. Ular menga: «Bu dasturxon qoriliging hurmatidan, to‘yguningcha yegin», deyishdi. Keyin meni yengil bir xizmatga joylashdi.

O‘g‘lim, bu Qur’on bo‘ladi, mana uning mo‘jizasi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, Alloh izn bermasa, siz uni o‘qiy olmaysiz. Shuning uchun hech qachon qoriman deb mutkabbirlik qilmang. Nihoyatda siniq bo‘ling, Qur’onni Allohdan qo‘rqib o‘qing, shunda U Zot sizga o‘qishni oson qiladi».

Bu hikoyadan biz qori buvalarimiz vatan himoyasida qanday sobit bo‘lganlarini, ularning qoriliklari hech bir hayotiy ishlarga, hatto jangchilikka ham xalal bermagani, aksincha, Qur’on ularga ruhiy madad bo‘lganini ko‘rishmiz mumkin. Shuningdek, bu voqeadan Qur’onning shafaoti bandaga bu dunyoda ham bo‘lishi tushuniladi.

Ikkinchi bir xotiram andijonlik Qur’on ustozlaridan Abdulmo‘min qori buva. U kishi rahmatli sobiq muftiyimiz Abdurashid qori Bahromovning qiblagohlari edi. Juda puxta qori bo‘lgan. Ustozimiz Badriddin qori aka u kishining qo‘llarida ikki yil Qur’ondan tahsil olganlar. Ustozlari haqida juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarni aytib berardilar. Shulardan biri urush hodisalariga oid edi.

Abdulmo‘min qori aka Qur’onni yodlagach 1000 ta sanoq qilgan qorilardan hisoblanadilar. Umrlari bo‘yicha 7000 dan ortiq hatm qilganlarini musʼhaflarida ko‘rishgan. U kishi jang maydonida ham qiroat qilib yurar ekanlar. U kishidagi xudojo‘ylikni ko‘rib, qo‘shindagilar: «Sen bizga Xudodan ko‘proq yordam so‘ra, bizga g‘alaba bersin», deb tayinlashar ekan. Jang shiddatli tus olgan paytda hatto atestlar ham shu iltimosni qilishga tushib qolishar: «Yosh turib bombaning tagida o‘lib ketaveramizmi, duo qil!» deyishar ekan. Shu mehr ustun kelib, ular qori buvani jang maydoniga olib ketmay, qo‘mondonlarning himoyasi uchun qoldirishni afzal ko‘rib qolishadi. «Sen bizni duo qilishing kerak, shuning uchun bu yerda qo‘riqchilikda qol», deyishibdi. Qori buva qo‘riqchilik postida miltiqni ushlagancha har kuni 15 pora Qur’on o‘qir ekan. Ya’ni har ikki kunda bir xatm qilar ekan. Ustozning aytishicha, qo‘riqchidan ko‘zni bir lahza ham yummaslik talab qilinar ekan va odam borib borib ko‘zini ochgancha ham uxlashi mumkin ekan. Ayrim soldatlar charchoqdan ba’zan ko‘zi ilinib, dashnomga qolar ekan. Qori buva esa Qur’on takrori bilan ruhan tetik bo‘lgani uchun qo‘riqchilikda ham rahbarlarning maqtoviga sazovor bo‘lar ekan.

Urush tugagach, Kremilda g‘alabani nishonlash marosimi bo‘libdi. Har bir xalqdan vakillar chiqish qilib, biri nutq so‘zlasa, biri she’r aytar, yana boshqasi chiqib qo‘shiq kuylar, xullas, har kim nima bilandir o‘z dil izhorini namoyish etar ekan. Shunda Abdulmo‘min qori aka ham izn olib, minbarga chiqibdi da, bor ovozi bilan Mulk surasini qiroat qilishga tushibdi. U kishining qiroatlaridan majlisdagilar to‘lqinlanib ketib, rosa qarsak chalishibdi va hatto davom ettirishini so‘rab hayqiriqlar ham bo‘libdi. Qori buva qaytib, joyiga kelib o‘tirsa, bir o‘ris ko‘zlarida yosh bilan kelib: «Nima o‘qiding? Kimning qo‘shig‘i? Juda qattiq ta’sirlandim, ajoyib ekan», degan ekan.

Abdulmo‘min qori buva urushdan omon qaytib, so‘ngi nafsalarigacha Qur’onga oshnolikda hayot kechirdilar va qator shogirdlarga ta’lim tarbiya berdilar, Qur’on o‘rgatdilar. Alloh u kishini O‘z rahmatiga g‘arq aylasin, yaxshi amallarini o‘zlariga hamroh etsin!

Xulosa qilib aytganda, bular bizning yaqin tariximizdan ayrim lahvalardir. Surishtirilsa, bu kabi go‘zal namunalar juda ham ko‘p. Biz ana shunday Qur’on bilan aziz bo‘lgan elmiz. Qur’onidan baraka topgan xalqmiz. Qur’onini boshi uzra baland ko‘targan millatmiz. Jangda ham qo‘lidan Qur’onini qo‘ymagan musulmonlarmiz. Bunga tarix guvoh, ajdodlarimiz shohiddir. Bugun ham biz ushbu haqiqatni unutmasligimiz kerak. Ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga intilishimiz lozim. Alloh hammalarimizga shunday darajalarni nasib etsin!