Maqolalar

Saqlanganlar

207 ta maqola

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?

TUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLAR

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

TUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLAR

Tarixni xolis o‘rgangan kishilar biladiki, bugungi G‘arb taraqqiyoti musulmon ulamolarining sermahsul ilmlari va ixtirolari asosida yuzaga kelgan. Yaxshiroq o‘rgansangiz, g‘arbliklarga nisbat berilgan juda ko‘p ilmiy kashfiyatlar aslida musulmon tadqiqotchilarniki bo‘lib chiqadi. Sababi ‒ g‘arbliklar avvalo Andalusiyadan, keyin esa musulmon mamlakatlariga sayohat va yurishlar uyushtirish orqali musulmonlarning juda katta ilmiy merosini o‘zlashtirishgan va juda chuqur o‘rganishgan.

Buning ko‘lamini tushunish uchun birgina misol. 19 asrning boshlarida Ovropa kutubxonalarida musulmon ulamolari qalamiga mansub qo‘lyozma asarlar 250.000 mujalladdan ko‘p bo‘lgan. Undan keyin ham ular o‘z kutubxonalarini musulmonlarning ilmiy boyliklari bilan to‘ldirishdan to‘xtagani yo‘q. Shuning uchun hozirda musulmonlar yaratgan eng noyob qo‘lyozmalar, badiiy asarlarni surishtirsangiz, ko‘pi G‘arbdan topiladi.

Ular Ibn Sino, Beruni, Xorazmiy, Zahroviy, G‘azzoliy, Ibn Rushd, Ulug‘bek va boshqa yuzlab musulmon olimlarning asarlarini o‘z tillariga o‘girib, tadqiq etib, qayta‑qayta nashr qilib kelishadi. Bugun ham ular Sharqni, Islomni o‘rganishda davom etishmoqda.

O‘zimizdan ham misol keltirish mumkin. Rus bosqinchilari, bolsheviklar ota‑bobolarimizdan kitoblarni sotib yoki tortib olib, o‘z yurtlariga olib ketishgan. Shuning uchun juda ko‘p qo‘lyozmalarimiz Leningradda va boshqa joylarda saqlanadi. Biroq, g‘arbliklardan farqli ravishda, rus sharqshunoslari dinsizlik tuzumi ostida islomiy ilmlardan uncha yaxshi foydalana olishmagan, mafkuraga tobelik ularni ko‘p izlanishlardan mahrum qilgan.

G‘arbliklar musulmonlarning ma’naviy merosidan foydalanibgina qolmay, ularning yurtlarini bosib olib, moddiy boyliklarini ham talon‑taroj qilishgan va hozirgacha shunga intilib kelishmoqda. Yaqin Sharqdagi ko‘p urushlar neft uchun bo‘lganini bugun hamma yaxshi bilsa kerak. Kamiga ularning yerlarini bosib olib, o‘zlari sig‘dirmaydigan bir millatga bo‘lib berishgan. Buning uchun bugun irqiy qatliomni ham tap tortmay dunyoning ko‘z o‘ngida bahrayib qilib yotishibdi. Minglab begunoh bolalarni, hamlador ayollarni o‘ldirib, majruh qilib, yana o‘z yurtini himoya qilmoqchi bo‘lganlarni bezrayib terrorchi deb tavsiflashmoqda. Odam degan ham shunchalar yuzsiz, vijdonsiz va qallob bo‘ladimi, deging keladi.

«Xo‘sh, G‘azzadagilar terrorchi bo‘lsa, nega G‘arbiy sohildagi sekulyar hukumatning yerlarini ham tortib olyapsizlar?» deydigan odam yo‘q. Hech yo‘q birortasi: «Falastinliklar biz sig‘dirmagan odamlarni bag‘riga olib, bechoralar 75 yildan beri qirg‘in va bosim ostida, kelinglar endi, 1967 yilda o‘zimiz belgilagan Falastin davlatini qurishlariga hech yo‘q qarshilik qilmaylik, shu gapga ham mana 50 yildan oshibdi», demaydi. Yana bular inson huquqlari himoyachilarimish.

Lo‘nda qilib aytganda, buni o‘zbekchasiga «tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurish» deydi. Biroq o‘sha vijdonsiz dunyoparastlar kabi tabiati va mezonlari buzilgan toifalar hali ham musulmonlardan ayb qidirishmoqda. Essiz insoniylik.

Islomga qarshi dushmanlik qalbini ko‘r qilgan islomofoblar ham odamgarchilikdan mosuvo bo‘lganlarini yana bir bor isbotlab qo‘yishmoqda. Ha desa, ana terror, mana terror, deydigan janoblarning birortasidan sas‑sado yo‘q. Mana shundan kimning nimaligini bilib olsa bo‘laveradi. Adolatsiz kishilardan, vijdonsiz kimsalardan, buyuritmachi trollardan insoniyatga hech qachon yaxshilik yetmagan. Tuzini yeb tuzlug‘iga tupurganlarni xalqimiz hargiz yaxshi deb bilmagan. Ulardan ehtiyot bo‘lish lozim.