
BULBULLAR
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
BULBULLAR
Bulbullar yashardik bogʻda sayrashib Koʻklarda uchardik, yashnab yayrashib
Yoʻq edi tutqunlik, ozodmiz tamom, Hamma yoq gulzoru, muattar ayyom
Har yonda yangrardi mungli figʻon ham, Oʻlik tanalarga berardi jon ham
Nogoh bogʻni bosdi qargʻayu zogʻlar, Vayron boʻldi gullar, chamanlar, bogʻlar
Tinmayin qagʻillar qurgʻurlar faqat Sayragan bulbulni choʻqirlar faqat
Bulbullar sayrogʻin tushunmas ular Bulbulga qagʻillar «ilmin» oʻrgatar
Sayramay qagʻillar bulbullar chiqdi Baʼzilar sayroqqa qagʻ-qagʻin tiqdi
Nihoyat, ketdilar, qurib qonlari, Lekin qolmish ayrim polaponlari
Ammo ular hanuz bilar yashashni Bulbullar ichrayu, bilmas sayrashni,
Bulbullar ularchun qagʻillar, biroq, Qagʻillay olmagan sanalar qoloq
Ayb bulbuldami yoki qargʻada? «Madaniyat» degan yolgʻon tamgʻada!
Bulbullar yashardik bogʻda sayrashib