She’rlar

Saqlanganlar

SULUK AHVOLI

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

SULUK AHVOLI

Suluk ahvolini, solik, yo‘la kirgondin so‘rgil, Agar g‘avvos bo‘lay desang, g‘ariq bo‘lgondin so‘rgil.

Tariqat sirrini so‘rma muhaddis yo mudarrisdan, Haqiqat ilmini Haqdan fuyuz olgondan so‘rgil.

Bilolmas ahli zohir ahli botin bilgonin aslo, So‘rar bo‘lsang oni, Haqni yaqin bilgondin so‘rgil.

Bu bir ilmi ladun, bilgon demas, gar desa, ul bilmas, Oni vaslini, vosil, vaslig‘a yetgondan so‘rgil.

Talab qil vaslini, Tolibki, bir kun yetmog‘ing bordur, Talabni san talab dashtida chust yurgondan so‘rgil.