She’rlar

Saqlanganlar

HAYOT SHULDIR

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

HAYOT SHULDIR

Qachon U birladir qalbing, umr shuldir, hayot shuldir, Qachon Undan judodir dil, o‘lim shuldir, mamot shuldir.

Yurarsan Haq sari pinhon, yo‘lingda har qayon yov bor, Turolsang «Robbunalloh»da, sabr shuldir, sabot shuldir.

Yetishmoq istasang, chopmoq kerak, uchmoq kerak Ul yon, O‘tarsan farz-u naflini, oyoq shuldir, qanot shuldir.

Basharda yo‘l sanoqsizdir, hama o‘zicha haq mutlaq, Nabiy, siddiq yo‘lin tutsang, tariq shuldir, sirot shuldir.

Peshonang yerda-yu, nafsing o‘zin osmonda tutmish gar, Na deb butlarni chopgaysan, Hubal shuldir, Manot shuldir.

Xudoga bosh egib qalbing, tiyilsa U uchun nafsing, Namoz-u ro‘za ne derlar, savm shuldir, salot shuldir.

Najotga besh mahal chorlov kelar har kun minorlardan, Husayn aytmish nido mag‘zin, najoh shuldir, najot shuldir.

Surxondaryo. Omonxona