She’rlar

Saqlanganlar

IXTILOF

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

IXTILOF

Tinkalarni quritdi Ixtilof-u nizolar, Nizoni yoʻq qilishga Yigʻildi rahnamolar.

Bari bitta fikrga Yakdil ovoz berishdi, Ixtilof-u nizoni Yoʻq qilishga kelishdi.

Faqat bitta ish qoldi Navbat keldi shu ishga, Ixtilof-u nizoni Qandayin yoʻq qilishga.

Birov u, birov bu der, Avjga chiqdi tortishuv, Kelishmaslik fikrida Yakun topdi kelishuv.

Nega hayron boʻlasiz? Ular ham emas ahmoq, Faqat har kim oʻzgadan Oʻzin koʻrar yaxshiroq!