
EY INSON!
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash
EY INSON!
Avvaling bir tomchi haqir suv ekan, Oxiring bir siqim tuproqsan, inson, Oʻrtada qanchadir goʻsht-u suyaksan, Ayt-chi, takabburga bormi hech imkon?!
Umring yarmi, qara, uyquda oʻtar, Yoshlik gʻoʻrlik bilan, qarilik shoʻrlik, Besh-oʻn yil orada chin yashash boʻlar, Netib gunohlarda qilasan zoʻrlik?!
Dunyoga kelganding yolgʻiz va giryon, Vahshatli yolgʻizlik yana intizor, Odamlarga biroz boʻlding yonma-yon, Zulm-u adovatga endi nima bor?!
Tor, qorongʻi joydan kelding dunyoga, Tor, qorongʻi qabr yoʻlingda mahtal, Keng boʻlgin, hayotda toʻlgin ziyoga, Yorugʻ, keng olamda faqat shu afzal!