
GULLAR
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash
GULLAR
Husaynxon Yahyo Yapon bog‘ida ko‘rdik ko‘p go‘zal gullar, Go‘zallik bobida zarbulmasal gullar.
Hasanxon Yahyo Rango-rang ming bir alvon, o‘xshashi yo‘qdir, Bo‘yi ham bir-biridan xush, asal gullar.
Qayon boqsang, ajib bir gul kulib boqqay, Ko‘rinmas bitta ham mahzunmahal gullar.
Husaynxon Yahyo Jamol-u husniga ko‘zlar asir bo‘ldi, Yana qildi ko‘ngillarni qamal gullar.
Toyota bo‘ldi bir yon, akvapark bir yon, Nagoya sarini qildi tugal gullar.
Uyushmish Xoliq-u maxluq ishi bunda, Xudoning san’atidir bexalal gullar.