She’rlar

Saqlanganlar

KETDIK, QUR’ON O‘QIYMIZ

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

KETDIK, QUR’ON O‘QIYMIZ

Rahmat, mag‘firat oyi, Oylarning yoqimtoyi, Robbim fazliga boyi Qaysi oy? Ramazon.

Alloh tushirgan kalom Mustafoga batamom, Har so‘zi dilga orom Qaysi kitob? U Qur’on.

Ramazonning bir tuni, Qur’on tushgan shu kuni, Rahmon maqtabdi uni, Ismi nima? Qadr kecha.

Nur tog‘idagi bir g‘or, Unda turganda muxtor, Qur’on tushgandi ilk bor, Ismi nima? G‘ori Hiro.

Farishtalar sardori, Rasulimiz hamkori, Qur’on keltirmoq kori, Ismi nima? Jabroil.

Qur’onimiz ilk so‘zi, Jibril keltirgan o‘zi, Barcha yaxshilik ko‘zi, Qaysi so‘z u? Iqro-ku. Qaysi so‘z u? O‘qigin.

Ketdik, Qur’on o‘qiymiz, Salovatlar aytamiz, Nabiyimiz sevamiz, Unga mushtoq barchamiz.

Robbim, bizga rahm ayla! Rasul bilan jam ayla! Suhbatin karam ayla! Vaslinga mahram ayla!

Habibimga salomim, U keltirmish Islomim, Fidodir unga jonim, Amiyn, amiyn, Allohim!