She’rlar

Saqlanganlar

SENING

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

SENING

Sen yaratgan olam-u inson goʻzal, Sen buyurgan har amal, iymon goʻzal, Sen yuborgan Mustafo, Qurʼon goʻzal, Ruhlar ichra sunganing vijdon goʻzal, Bu goʻzalliklar jamolingdan Sening!

Har ishing, har soʻz-u ahkoming buyuk, Ham jazoying hamda inʼoming buyuk, Qilganing insonga ikroming buyuk, Jannatingdek dini Isloming buyuk, Bu buyukliklar jalolingdan Sening!

Sen yaratmish ikki dunyoying tugal, Har sifoting, hamma asmoying tugal, Barcha manglaylarda imloying tugal, Dillar ichra urgan imzoying tugal, Bu tugalliklar kamolingdan Sening!